
Xabi Alonso “Real Sosedad”ning o‘rinbosarlar jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Ispaniyalik mashhur futbolchi Xabi Alonso “Real Sosedad”ning o‘rinbosarlar jamoasi hisoblangan “Real Sosedad B” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra San-Sebastyan shahri jamoasi 37 yoshli mutaxassis bilan 2 yillik shartnoma imzolashgan.
Ma’lumot uchun, Xabi Alonso o‘tgan mavsum “Real”ning U-13 jamoasida faoliyat olib borgan edi. Uning boshqaruvidagi jamoa esa yakunda o‘z yosh toifasida mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar