Xabi Alonso "Real" yulduzlari haqida ilk fikrlarini bildirdi

  • 18 iyun, 16:33
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabi Alonso "Real"ning yulduz futbolchilari haqida iliq fikrlar bildirdi.

Tecno

Bellingem haqida:

"U katta maydonni qamrab olishga qodir, lekin to‘g‘ri pozitsiyadan boshlashi kerak. Uning xarakteri yarim himoyachiga xos va u jarima maydonida bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan fazilatlarga ega. Jud qaerdan harakat boshlashini to‘g‘ri tanlasa, bu unga ham, jamoaga ham foyda beradi, chunki u muhim ko‘nikmalarga ega."

Mbappe haqida:

"U o‘zini biroz yaxshi his qilmoqda, ammo hali etarli emas. Juda issiq, shuning uchun mashg‘ulot o‘tkazmadi. Biz uni ahvolini o‘yin oldidan kuzatamiz va maydonga tushadimi yo‘qmi hal qilamiz.

U harakatchan hujumchi, pozitsion hujumlar uchun emas. U klassik "targetmen" emas, ammo u ko‘p gol uradigan "to‘qqizlik".

Rodrigo haqida:

"Mavsum oxiri uning uchun oson bo‘lmadi, lekin u tanaffus oldi, terma jamoaga bormadi, bu esa unga qayta tiklanishga yordam berdi.

Biz ilk kundan boshlab suhbatlashdik, men uning o‘yinga hissa qo‘shish va undan zavqlanishga chanqoqligini ko‘ryapman. U bizga ko‘p foyda keltira oladi."

Modrich haqida:

"Biz har doim juda yaxshi munosabatda bo‘lganmiz. Biz bir-birimizga ishonamiz, har qanday vaziyatda nima qilish kerakligini bilamiz, va uning yosh futbolchilarga nisbatan ishonchini yoqtiraman. U ularga juda yaxshi ta’sir o‘tkazadi va biz bu to‘rt hafta ichida undan bahramand bo‘lishni xohlaymiz.

U — butun bir avlodning futbolchisi, "Real" tarixidagi afsona. Biz undan iloji boricha ko‘proq foyda olishni xohlaymiz."

Vinisius Junior haqida:

"Men uni shaxsan tanimasdim, lekin o‘n soniyada u qanday inson ekanligini va odamlar bilan qanday muloqot qilayotganini tushundim. U juda jo‘shqin, u bilan birga bo‘lish kerak. Menga shunday futbolchining bo‘lishi yoqadi. Uning yuragi katta. So‘nggi kunlarda men aynan shuni his qildim," – dedi "Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!