Xabi Alonsodan faqatgina Gvardiola yaxshiroq

  • 22.12.2024 14:10
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso "Bayer" bosh murabbiyi sifatida Bundesliga doirasida 75 ta uchrashuvning 50 tasida zafar quchdi. 

Alonsodan tezroq 50 ta g‘alabani faqatgina Pep Gvardiola "Bavariya" ustozi sifatida qayd etgan (61 o‘yin). 

Qayd etish lozim, Xabi Alonso o‘tgan mavsum "Bayer" bilan Bundesliga chempioni bo‘lgan, ayni dam esa 32 ochko bilan peshqadam "Bavariya"dan 4 ochko ortda qolmoqda. 

Ma’lumot uchun, Alonso kelasi yozdan boshlab "Real"ni boshqarish uchun potentsial nomzod bo‘lib turibdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!