Xabib navbatdagi jangini qachon o‘tkazishini ma’lum qildi
Dastlab "ESPN" kanali Xabibning ramazon sabab 16 sentyabrgacha qaytmasligi haqida o‘z sahifasida post qoldirdi. Nurmagomedov esa o‘z navbatida quyidagicha javob qaytardi:
"Men istalgan paytda jang qilishim mumkin. Ramazon 23 mayda tugaydi. Men iyulgacha tayyor bo‘laman. Men haqimda gapirishdan to‘xtang. Hozir karantin vaqti, Xabibning vaqti kelganida hech biringiz og‘iz ocholmay qolasiz".
Avvalroq, rossiyalik MMAchining murabbiyi uning avgust yoki sentyabrda jang qilishini aytgandi.
Fikrlar