
Xabib Nurmagomedov Makgregor va Serrone o‘rtasidagi jangga tashrif buyurishi mumkin
UFC prezidenti Dana Uayt engil vazn chempioni Xabib Nurmagomedovni UFC 246 turniriga mehmon sifatida tashrif buyurishi mumkinligi borasida gapirdi.
"Konorning jangini tomosha qilish uchun Xabib kelishi mumkinmi? Ha.
Bunday imkoniyat borligi aniq. U o‘sha erda ko‘rinish berishi mumkin. Men buni tasdiqlay olmayman, ammo bu bo‘lishi mumkin. Agarda, u tashrif buyursa, men xursand bo‘lardim," - dedi Uayt.
Eslatib o‘tamiz, UFC 246 turniri 18 yanvar kuni Las Vegasda bo‘lib o‘tadi. Kechaning markaziy jangida Konor Makgregor va Donald Serrone qaram-qarshi keladi.
Fikrlar