
Xabib Nurmagomedov muhim bayonot bermoqchi
Xabib Nurmagomedov yaqin vaqtlar ichida kelajagi bilan bog‘liq muhim bayonot qilmoqchiligi haqida ta’kidlab o‘tdi.
"Abubakir va Zubayr kuz boshida oktagonga qaytishni rejalashtiryapti, ularga omad tilaymiz. Kelajagim haqida tez orada bayonot beraman", - deya Instagram sahifasida post qoldirgan Nurmagomedov.
Deyna Uayt ma’lumotiga ko‘ra, Xabibning keyingi jangi 19 sentyabr kuni UFC 253 doirasida Jastin Getjiga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar