
Xabib Nurmagomedov qachon oktagonga qaytishini aytib o‘tdi
UFC engil vazn chempioni Xabib Nurmagomedov qachon oktagonga qaytishini bildirdi.
- Iyun, iyul, ikki oydan so‘ng avgust oyida men jang qilishga roziman. Eshitishimcha, UFC avgust oyida San-Frantsiskoda shou uyushtirishni rejalashtirmoqda. Agar shunday bo‘lmasa, sentyabr o‘rtalarida Abu-Dabida keyingi jangimni o‘tkazishim mumkin.
Ramazon oyidan oldin ham, men oktagonga ko‘tarilishga roziman, - dedi Xabib Nurmagomedov.
Fikrlar