Xabib Nurmagomedovning menejeri navbatdagi jang sanasi va raqibi kim ekanligi borasida xabar berdi

CHERY AUTO

UFC ning engil vazn toifasidagi (70,3 kg gacha) chempioni Xabib Nurmagomedovning navbatdagi raqibi va jang sanasi dekabr oyida e’lon qilinadi. Ehtimol bu UFC 245 namoyishi oldidan bo‘lishi mumkin. Rossiyalik jangchining menejeri Rizvan Magomedov bu haqda “SE”ga ma’lum qildi.

- Uning navbatdagi raqibi aniq Toni Fergyuson bo‘ladimi?

- Hammasi shu tomon ketmoqda. Ammo shartnoma imzolanmaguncha, bu hal qilingan masala deb ayta olmayman. Garchi bugungi kunda voqealar rivoji shuni ko‘rsatayotgan bo‘lsada. Vaziyat shuni ko‘rsatmoqdaki, Jorj Sen-Per UFC bilan kelisha olmaydi. Uning jamoasi bilan promoushen o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud. Ushbu masala hal qilinmaguncha, Xabibning navbatdagi raqibi aniq Fergyuson bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!