
Xabibning menejeri: Umid qilamanki, Dana Uayt tez orada UFC 249ning joyini e’lon qiladi
UFC engil vaz toifasining chempioni Xabib Nurmagomedovning menejeri Xaver Mendes UFC 249 doirasida Toni Fergyusonga qarshi jang bo‘lishidan hamon umid qilmoqda.
"Rasmiy ravishda jang bekor qilinmadi. Shuning uchun men qo‘llarimni musht qilgan holda umid qilamanki, Dana Uayt tez orada UFC 249ning joyini ma’lum qiladi.
Shunda, biz asl rejaga qaytamiz va Toni Fergyusonga qarshi jang qilamiz. Agar, bu amalga oshmasa, jang avgust oyida San-Frantsiskoda yoki sentyabrda Abu-Dabida bo‘lib o‘tsa, biror-bir joyga uchish shart bo‘lmaydi.
Xabib doim mashg‘ulotlar o‘tkazib kelmoqda, ammo keling, haqiqatga tik boqaylik - uning mashg‘ulotlari ideal darajadan uzoqdadir. Karantin sharoitida mashg‘ulotlar o‘tkazish qiyin," - dedi Mendes.
Fikrlar