Xaipov va Abdurahmonov “Sho‘rtan” mashg‘ulotlarida

  • 14 iyul, 2017, 11:38
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Xabaringiz bor, ayni paytda “Sho‘rtan” jamoasi G‘uzorda ikkinchi davra o‘yinlariga tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tamoqda. “Sho‘rtan” jamoasidagi bo‘shab qolgan o‘rinlarni esa yangi futbolchilar to‘ldirishni davom ettirishmoqda.

Oldinroq, “oq bo‘rilar” safiga Abbos Amonov (“Mash’al”), Sunnatilla Mamadaliev (“So‘g‘diyona”) va Hasanboy Ergashev (“Navbahor”) kelib qo‘shilganini ma’lum qilgan edik. Kuni kecha g‘uzorliklar mashg‘ulotlarida “Obod” hujumchisi Navro‘zbek Xayipov va “So‘g‘diyona” jamoasida to‘p tepgan markaziy yarim himoyachi Doston Abdurahmonov ham ishtirok etishni boshladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

“Sho‘rtan”da yuz berayotgan boshqa yangiliklar haqida saytimiz orqali xabar berishda davom etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!