
Xakam Kaka bilan selfi tushish uchun antiqa uslubdan foydalandi
Isroil va Braziliya afsonalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinida qiziq hodisa yuz berdi. O‘yinni boshqarib borayotgan ayol xakam Kaka bilan rasmga tushish uchun antiqa uslubdan foydalandi.
O‘yinning ikkinchi taymida Kaka to‘pni egallab olganidan so‘ng xakam o‘yinni to‘htatib, unga sariq kartochka ko‘rsatdi. Shundan so‘ng cho‘ntagidan smartfonini oldi va Kaka bilan rasmga tushdi.
Ushbu o‘yin barziliyaliklarning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Eslatib o‘tamiz, "Milan" afsonasi futbolchilik faoliyatini 2017 yilda to‘htatgan edi.
Fikrlar