
Xalk Messi, Ronaldu va Neymarni Shanxayga chaqirmoqda
O‘tgan yili "Shanxay Shangan" jamoasiga ko‘chib o‘tgan braziliyalik mashhur futbolchi Xalk "Real" etakchisi Krishtianu Ronaldu, "Barselona" hujumchilari Lionel Messi va Neymarni Xitoy Superligasiga taklif qilmoqda.
- Men Messi, Ronaldu va Neymar bilan hujumda o‘ynashni istardim, - dedi Xalk. - To‘rttalamiz hujumda bahamjihat to‘p surardik.
Bu yil Xitoy klublari Evropaning eng zo‘r futbolchilarini olib kelishga harakat qilmoqda. Xususan, Krishtianu Ronaldu ham xitoylik millionerlardan taklif olgan.
Fikrlar