
Xalk "Portu"ga qaytmaydi
Braziliyalik hujumchi Xalk "Portu"ga qaytmaydi. Bu haqda Record nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi klub rahbariyati bilan iliq munosabatlarni saqlab qolgan bo‘lsada, boshqa takliflarni ko‘rib chiqmoqchi. Aytish kerakki, Xalk ayni damda erkin agent hisoblanadi.
Xalk faoliyati davomida "Vitoriya", "Kavasaki Frontale", "Konsadole Sapporo", "Tokio Verdi", "Portu", "Zenit" va "Shanxay SIPG" klublarida o‘ynagan. Braziliya terma jamoasi safida 48 ta o‘yinda ishtirok etgan va 11 ta gol urgan.
Fikrlar