Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasi beshta yangi qo‘mitaga asos soldi

  • 3 yanvar, 2021, 11:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Assotsiatsiyada trenerlarning yangi qo‘mitasi faoliyat yuritadi. Bu qo‘mita malakali murabbiylar kadrlarini tayyorlash masalalarini hal etadi va sportchilarni musobaqalarga tayyorlash uslubiyatlarini ishlab chiqadi.

Tecno

Bundan tashqari quyidagi yangi qo‘mitalarga asos solindi:

– chempionlar va trenerlar qo‘mitasi. Uning tarkibiga jahon hamjamiyati tomonidan hurmatga sazovor boks faxriylari va sportda yuqori natijalarga erishgan, o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyor bo‘lgan mashhur chempionlar kiradi;

– musobaqalar bo‘yicha qo‘mita. U AIBA turnirlarini o‘tkazishga rahbarlik qiladi hamda ushbu musobaqalarning barcha xalqaro talablarga muvofiq bo‘lishini kafolatlaydi;

– xotin-qizlar qo‘mitasi. Ushbu qo‘mita jahon boksida gender tengligini ta’minlashga da’vat etadi;

– tibbiyot va dopingga qarshi qo‘mita. Uning vazifasi sportchilarning barcha tibbiyot hamda dopingga qarshi qonunchilik talablariga amal qilishlarini ta’minlashdan iboratdir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!