
Xames bir inson hayotini saqlab qoldi
Hozirda Qatarning "Al-Rayyan" klubida o‘ynayotgan kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodriges Qatar chempionatining 13-turidan o‘rin olgan "Al-Vakra"ga qarshi o‘yinda raqib himoyachisi Usmon Kulibalining hayotini saqlab qoldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, uchrashuvning birinchi bo‘limida himoyachi hushini yo‘qotib, maydonga yiqilgan. Hames darhol raqibiga yordamga shoshildi va Kulibalining nafas olishi uchun uni qulayroq holatga o‘tkazdi. Shundan so‘ng tibbiy xodimlar Usmonga o‘z vaqtida etib kelishdi va futbolchini shifoxonalarga olib ketishdi.
Keyinroq 32 yoshli futbolchi yurak xuruji tufayli hushini yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi.
Fikrlar