Xames dubl qayd etgan bahsda "Everton" zafar quchdi
Angliya Premer-ligasining 4-turida "Everton" va "Brayton" klublari qarama-qarshi keldi.
Qiziqarli kechgan bellashuvda Anchelotti shogirdlari 4:2 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.
"Mersisaydliklar"dan Din va Kelvert-Lyuin bittadan gol urgan bo‘lsa, Xames dubl qayd etdi. "Gudison Park" mehmonlarining gollariga esa Mope va Bissuma mualliflik qildi.

Fikrlar