
Xames Rodriges EChL finalida "Liverpul"ga muxlislik qilishini ma’lum qildi
"Real" Madrid sobiq futbolchisi Xames Rodriges Evropa chempionlar ligasi finalida kimga muxlislik qilishini aytib o‘tdi.
"Liverpul" hozir ajoyib formada. Shuningdek, bu jamoada "Luchito" Dias (Luis Dias) ham to‘p tepadi. Men uning chempion bo‘lishini istayman.
"Real" bunday o‘yinlarda juda katta tajribaga ega. Chorak va yarim final bahslarida bunga guvoh bo‘ldik.
Madrid klubida sobiq jamoadoshlarim, do‘stlarim bor. Men bu jamoani juda yaxshi ko‘raman.
Biroq "Liverpul" ham kuchli qarshilik ko‘rsata oladi, deb o‘ylayman. Men "Luchito"ning chempion bo‘lishini ko‘rmoqchiman", - dedi kolumbiyalik futbolchi.
Fikrlar