Xames Rodriges: Zidanning "Real"ga qaytgani hech narsani o‘zgartirmaydi

  • 18 mart, 2019, 22:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" yarim himoyachisi Xames Rodriges Zinedin Zidanning yana "Real"ga qaytgani uning “qirollik klubi”dagi kelajagiga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi. Eslatib o‘tish lozimki, 27 yoshli kolumbiyalik futbolchi bundan avvalroq “Real”ga qaytish istagi borligini bildirgan edi.

“Menda hech qachon Zidan bilan muammo bo‘lmagan. Uning “Real”ga qaytgani mening jamoadagi kelajagimga ta’sir o‘tkazadi deb o‘ylamayman”, - deydi Xames.

Eslatib o‘tamiz, Xames aynan Zidan davrida “Bavariya”ga ijaraga berib yuborilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!