
Xamesning tanlovi "Real"ga ma’qul kelmadi
Xames Rodriges o‘tgan yozgi transferlar oynasi vaqtida "Real"ni tark etishga yaqin bo‘lgani va o‘zi uchun bildirilgan boshqa takliflar haqida aytib o‘tdi.
"Bir ispan klubi o‘tgan yili mening transferim uchun "Real"ga yaxshigina taklif bilan chiqdi, biroq rahbariyat meni qo‘yib yuborishni xohlamadi.
Biz kelishuvni yakunlashga yaqin edik, biroq yakunda "Real" o‘zim xohlagan klubga o‘tishimga qo‘ymadi.
Yana Italiya klubidan ham qiziqishlar bo‘ldi, biroq bu taklif meni unchalik qoniqtirmadi. Agentim, Mendeshning aytishicha, Xitoy klubi ham mening transferim masalasida u bilan aloqaga chiqqan, ammo men Evropada qolishni ma’qul ko‘rdim.
Oldinda nima bo‘lishini bilmayman, biroq tanlov imkoni bo‘ladigan bo‘lsa, unda iqtidorimni namoyon qila olishim mumkin bo‘lgan klubga o‘tgan bo‘lardim", - deydi Rodriges.
Fikrlar