
Xamzat Chimaev Habib - Jastin jangida kimni imkoniyati yuqoriroq ekanligini aytdi
UFC a’zosi Xamzat Chimaev engil vazn toifasining chempioni Habib Nurmagomedov va vaqtinchalik chempion Jastin Getji o‘rtasida kechadigan jang haqida fikr bildirdi.
"Bu jang Habibning foydasiga hal bo‘ladi, chunki u juda bardoshli yigit va o‘ziga xos xarakterga ega!
Getjida ham yaxshi xarakter bor, ammo u miyasidan ko‘p kaltak egan.
Habib jangni boshqaradi. Imkoniyatlar 70 ga 30, rossiyalikning foydasiga, deb baholayman. Ha, Getji yaxshi zarba bera oladi, uning zarbasi juda kuchli. U faqat shu yo‘l orqali g‘alabaga erishishi mumkin.
Getjiga hech qachon kurashchi raqiblik qilmagan edi," - dedi Chimaev.
Fikrlar