Xanchjou-2022: Bugun o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta medal qo‘lga kiritdi, umumjamoa hisobida esa...

  • 29 sentabr, 2023, 22:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bugun Xanjchou mezbonligida o‘tayotgan Para Osiyo o‘yinlarining 6-kuni ham ortda qoldi.

Tecno

Quvonarlisi, bugun qilichbozlik bo‘yicha ayollar terma jamoamiz tarixiy g‘alabaga erishdi. Vakillarimiz jamoaviy bellashuvlarda barcha raqiblarni mag‘lub etgan holda oltin medalga sazovor bo‘lishdi. Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibaeva, Fernanda Errera hamda Paola Pliego o‘z ismlarini o‘zbek qilichbozligi solnomasiga bitib qo‘yishdi.

Tantanali taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov ishtirok etdi.

6_20

Ushbu g‘alabadan so‘ng delegatsiyamiz umumjamoa hisobida Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston va Tailanddan so‘ng 6-o‘rinda bormoqda. Delegatsiyamiz hisobida hozircha 7 ta oltin, 10 ta kumush va 15 ta bronza, jami 32 ta medal bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!