
Xanchjou-2022. Kun davomidagi sportchilarimizning chiqishlari, natijalari va umumjamoa hisobidagi o‘rnimiz (Batafsil)
Assalomu Alaykum qadrli sport ishqibozlari. Osiyo o‘yinlari musobaqasining navbatdagi kuniga start beramiz. Bugun, bir nechta hamyurtlarimiz yurtimiz sharafini xalqaro arenalarda himoya qiladi. Bugungi kun tartibidan o‘rin egallagan sportchilarimizning chiqish vaqtlari bilan tanishing.
Sizga qulay bo‘lishi uchun, yangiliklar avtomatik ravishda shu xabar ostida berib boriladi. Shunchaki, uni yangilab tursangiz bo‘lgani! Kun davomida atletlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.
Bugungi chiqishlar o‘z yakuniga etdi! Umum jamoa hisobida o‘z o‘rnimizda qoldik!
Bugun Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar 2 ta oltin va 5 ta bronza, jami 7 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Sevinch Rahimova - karate
Bronza
Bekzod Abdurahmonov - erkin kurash
Javrail Shapiev - erkin kurash
Rustam Jangabaev - og‘ir atletika
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi - futbol
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi - shaxmat
19:30. Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Taxmina Ikromova delegatsiyamizga navbatdagi oltin medalni taqdim qildi.
Yakkalikning ko‘pkurash dasturida ishtirok etgan yurtdoshimiz 131.300 ball bilan eng yaxshi natijani qayd etdi. Eslatib o‘tamiz, Parij-2024 Olimpiadasi litsenziati kecha jamoamiy dasturda ham oltin medalga ega chiqqan edi.
18:10. Shaxmatchi yigitlarimizdan bronza medali
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida delegatsiyamizga navbatdagi medalni taqdim qildi. Yigitlarimiz jamoaviy dasturda bronza medallariga egalik qilishdi.
17:00.Rustam Jangabaev ikki karra Osiyo o‘yinlari sovrindori!
Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Rustam Jangabaev ham sovrindorlar qatoridan joy oldi. +109 kg vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz dast ko‘tarishda 190 kg, siltab ko‘tarishda 233 kg, ikki kurashda esa 423 kg bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Oltin va kumush medallari Bahrayn hamda Eron vakillariga nasib etdi.
15:21.
Xanchjou-2022: Sevinch Rahimova Osiyo o‘yinlari chempioni!
Karate WKF yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sevinch Rahimova delegatsiyamiz uchun muhim oltin medalni keltirdi. -55 kg vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz finalda Xitoy Taipeyi vakili Sui-Ping Kuni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. Barakalla, Sevinch!
14:50. Futbolchilarimiz 29 yil o‘tib yana Osiyo o‘yinlari shohsupasiga ko‘tarilishdi
Xirosima-1994 Osiyo o‘yinlaridan keyin futbolchilarimiz yana shohsupada. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Gonkongni yirik 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa, Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga tayyorlanayotgan Timur Kapadze shogirdlari Osiyo o‘yinlarida bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Musobaqa davomidagi ajoyib o‘yinlar uchun rahmat, yigitlar!
14:42. Javrail Shapiev ham Osiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘ldi
Erkin kurash bo‘yicha Parij-2024 Olimpiadasi litsenziati Javrail Shapiev (-86 kg) o‘z shaxsiy sovrinlari kollektsiyasiga Osiyo o‘yinlari medalini ham qo‘shib qo‘ydi. Hamyurtimiz bronza medali uchun kechgan murosasiz bellashuvda bahraynlik Magomed Sharipovni mag‘lubiyatga uchratdi.
14:10. Bekzod Abdurahmonov Osiyo o‘yinlaridagi uchinchi medalini qo‘lga kiritdi
Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bekzod Abdurahmonov Osiyo o‘yinlaridagi uchinchi medalini qo‘lga kiritdi. -74 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz bronza medali uchun kechgan bellashuvda turkmanistonlik Perman Xommadovdan ustun keldi. Eslatib o‘tamiz, Abdurahmonovning hisobida 2014 va 2018-yilgi Osiyo o‘yinlarining oltin medallari bor.
13:10. Afsuski, Tursunoy Jabborova umumiy hisobda 260 kg og‘irlikni zabt etdi, ammo bu medal uchun etarli bo‘lmadi.
12:24. Sinxron suzish. Ziyodaxon Toshxo‘jaevadan va Diana Onkes iborat terma jamoamiz umumiy 370.5383 ochko jamg‘ard. Yakunda 10 ta terma jamoa orasida oltinchi natijani qayd etdi.
11:54.Afsuski, Jonibek Temirgaliev finalda 4 o‘rin bilan cheklanishga majbur bo‘ldi. Buna, 2 soniyalik jarima bali olgani ham sabab bo‘lgan.
11:26. Karate. Hamyurtimiz Sadriddin Saymatov murosasiz kechgan bahsda Qirg‘izistonlik Kalish Nurlanbekka 4:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
11:00. Kurashchilarimizning bronza medali uchun raqiblari ma’lum
Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining Osiyo o‘yinlarida bronza medali uchun kurashdagi raqiblari ma’lum. Juftliklar bilan tanishing:
-74 kg: Bekzod Abdurahmonov – Perman Xommadov (Turkmaniston)
-86 kg: Javrail Shapiev – Magomed Sharipov (Bahrayn)
-125 kg: Hasanboy Rahimov – Ayal Lazarev (Qirg‘iziston)
10:30.Magomed Ibragimov bronza medali uchun o‘tish o‘yinida
mo‘g‘ilistonlik raqibiga yiri4 (4-14) natijasi bilan mag‘lub bo‘ldi.
10:15. :Javrail Shapiev alamli mag‘lubiyatga uchradi. U ham bronza medal uchun kurashi davom ettiradi.
10:00. Kurashchilarimiz bronza medali uchun bahs olib borishadi
Bugungi bellashuvlarda ishtirok etayotgan erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining barchasi shohsupaga ko‘tarilish imkoniyatini saqlab qoldi. Yarim finalda imkoniyatni boy bergan Bekzod Abdurahmonov (-74 kg), Javrail Shapiev (-86 kg) hamda Hasanboy Rahimov (-125 kg) uchinchi o‘rin uchun bahs olib borishsa, Magomed Ibragimov (-97 kg) bronza medali uchun o‘tish bosqichida ishtirok etadi. Hamyurtlarimizning bu boradagi raqiblari yana bir necha daqiqalardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
9:48. Bekzod Abdurahmonov ham bronzo medal uchun gilamga chiqadigan bo‘ldi.
09:42. Magomed Ibragimov o‘tish o‘yinida ishtirok etadigan bo‘ldi.
09:35. Xasanboy Rahimov yarim finalda 0:2 hisobidagi alamli mag‘lubiyatga uchradi. Endi o‘tish bahslarida gilamga chiqadi.
08:00. Sevinch Rahimova oltin medal uchun jang qiladi
Karate WKF bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sevinch Rahimovaning g‘alabali ishtiroki davom etadi. Hamyurtimiz yarim finalda janubiy koreyalik Suxyun Xvangni 8:0 hisobida mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Rahimova bugun kechki dasturda oltin medal uchun Xitoy Taipeyi vakili Sui-Ping Ku bilan jang qiladi.
07:45. Jonibek Temirgaliev finalda
Baydarka slalomida eshkak eshish bo‘yicha yarim final bellashuvlari yakunlandi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jonibek Temirgaliev final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz 106.30 soniya bilan to‘rtinchi natijani qayd etdi. Final bahslari bugun Toshkent vaqti bilan 11:20 da boshlanadi.
7:35. Karate. Sevinch Rahimova (-55 kg) nimchorak final bosqichida tailandlik Sirikamonnate Chokprasertgul bilan jang qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.
07:15. Slalomda eshkak eshish. Shahobiddin Boltaboev hamda Jonibek Temirgaliev ishtirok etgan yarim final bahsida Boltaboev 106.45, Temirgaliev esa 106.30 natija natija qayd etdi. Yakunda Jonibek Temirgaliev finalga yo‘l oldi.
07:00. Jui Jitsu. Ozoda Nurmatova nimchorak finalda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. BAA vakilasi – Muxra Maxfud keyingi bosqichga yo‘l olmoqda.
Fikrlar