
Xanchjou-2022: Kunning birinchi yarmida 7 ta medal qo‘lga kiritdik, shulardan 3 tasi oltin!
Bugun Xanchjou mezbonlik qilayotgan Para Osiyo o‘yinlarining ikkinchi kungi bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Kunning birinchi yarmida o‘zbekistonlik para atletlar 3 ta oltin va 4 ta kumush, jami 7 ta medalga sazovor bo‘lishdi.
Oltin
Hasan Qo‘ldashev - para kanoe
Shaxnoza Mirzaeva - para kanoe
Haytmurod Sherqo‘ziev - para kanoe
Kumush
Nozimaxon Qayumova - para engil atletika
Nataliya Semyonova - para engil atletika
Nurxon Qurbonova - para engil atletika
Izzat Turg‘unov - para engil atletika
Fikrlar