
Xanchjou-2022 ob’ektlari. Navbat eng ko‘p medallar o‘ynaladigan arenaga (video)
Osiyo o‘yinlarini qabul qiladigan inshootlar haqidagi loyihaning navbatdagi soni musobaqa davomida eng ko‘p medallar jamlanmasi o‘ynaladigan “Hangzhou Olympic Sports Centre Aquatic Sports Arena” haqida bo‘ladi.
Ushbu arenada suvga sakrash, sinxron suzish va suzish bahslarida jami 53 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi. Ulkan ob’ekt asosiy maydondan tashqari mashg‘ulotlar uchun havzalarni ham o‘z ichiga olgan. Bellashuvlar davomida 6 000 muxlis bahslarni tomosha qilishi mumkin. Uning Atletlar shaharchasi bilan orasidagi masofa 3.2 kmni tashkil etadi.
Fikrlar