
Xarri Keyn "Tottenxem" tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi
Xarri Keyn Premer-liganing 22-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda g‘alaba to‘pini kiritib, "Tottenxem"dagi gollari sonini 267 taga etkazib oldi.
Shu tariqa, angliyalik hujumchi "shporlar" tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha klub afsonasi Jimmi Grivz 53 yil etakchilik qilib keldi.
Keynning ushbu goli uning Premer-ligadagi 200-goli hisoblandi. 30 yoshli futbolchidan faqatgina Ueyn Runi (209 ta gol) va Alan Shirer (260 ta gol) oldinda bormoqda.
Fikrlar