Hausen jarohat oldi: "Real" himoyachisi 5–7 kun jamoaga yordam bera olmaydi
"Real Madrid" markaziy himoyachisi Din Hausen jarohat oldi. Madrid klubining ma'lum qilishicha, futbolchi o'ng oyog'ining boldir qismida mushak shikastlanishiga duch kelgan. Qayta tiklanish muddati rasmiy ochiqlanmadi.
"Marca" xabariga ko'ra, himoyachi "Osasuna"ga qarshi o'yin arafasida noqulaylik sababli mashg'ulotlarda ishtirok etmagan va Ispaniya chempionati doirasida Pamplonada bo'lib o'tadigan bahsni o'tkazib yuboradi. Shu bilan birga, klubda futbolchi Chempionlar ligasida "Benfika"ga qarshi javob uchrashuviga qadar safga qaytishiga umid bildirilmoqda.
Jurnalist Melchor Ruisning ma'lumotiga ko'ra, Hausenning jarohati jiddiy emas. U taxminan 5–7 kun davomida maydonga tusha olmaydi.

Fikrlar