
Xaver Mendes Habib Nurmagomedov va Jorj Sen-Per jangi borasida qanday fikrda?
UFCning engil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedov va promoushenning ikki divizioni sobiq chempioni Jorj Sen-Per o‘rtasidagi to‘qnashuv MMA tarixidagi eng yaxshi jangchini aniqlaydi. Habibning murabbiyi Xaver Mendes ana shunday fikrda.
"Men haqiqatan ham shunday deb o‘ylayman. Habib va Sen-Per bahsining g‘olibi, jahonning eng kuchli jangchisi bo‘ladi! Habib - Getji to‘qnashuvidan keyin bunday bo‘lish ehtimoli katta. Chunki, Habib bu borada otasi bilan tez-tez gaplashar edi. Ya’ni, Nurmagomedov 30-0 rekordini o‘rnatib, faoliyatini tugatmoqchi", - dedi Mendes.
Hozirda Nurmagomedov hisobida 28 ta g‘alaba mavjud.
Fikrlar