
Xavertts "Chelsi" bilan kelishib oldi
Leverkuzenning “Bayer” klubi yarim himoyachisi Kay Xavertts faoliyatini “Chelsi”da davom ettiradi.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, 21 yoshli nemis futbolchisi “aristokratlar” bilan 5 yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. Agar shartnoma imzolansa, u yiliga 8 mln evro maosh olishi mumkin.
Ayni damda “Chelsi” Xavertts borasida “dorishunoslar” bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Fikrlar