Xavi APLda ishlamoqchi

  • 24 sentabr, 2019, 15:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi sobiq yarim himoyachisi Xavi Angliyada ishlash niyati borligini aytib o‘tdi. Bu haqda Sky Sport xabar tarqatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xavi ayni damda Qatarning “Al-Sadd” klubini boshqarmoqda.

“Mening orzuim “Barselona”, ammo hech bir murabbiy APLda ishlash taklifini rad etmaydi. Siz ularning stadionlariga, u erdagi muhitga va o‘yinchilarining darajasiga e’tibor bering. Men top klublardan birida ishlashni xohlardim. Yurgen Klopp, Mauritsio Pochettino va Unai Emeri kabi mutaxassislar katta hajmdagi ishlarni amalga oshirayotganini tushunaman”, - deydi Xavi.

Ma’lumot uchun, Xavi joriy yilning may oyida futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!