
Xavi "Aston Villa"ga o‘tgan Koutino haqida nimlar dedi?
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes ijara asosida “Aston Villa”ga ko‘chib o‘tgan braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutino haqida fikr bildirdi.
“Koutino haqida gapiradigan asosiy narsa shundaki, u maydonga tushish va ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun maoshini kamaytirishga qaror qildi. Unga "Barsa"ga moslashish qiyin bo‘ldi. Bu haqda ko‘pchilik gapirdi. Filippe kam maoshga ham rozi bo‘ldi.
Koutino ajoyib professional. U yaxshi o‘ynashni xohlaydi. U "Barsa"da qiyinchiliklarga duch keldi. U o‘zini boshqa joyda sinab ko‘rmoqchi bo‘lgani u haqda ko‘p narsadan dalolat beradi", - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Koutino “Barselona” safiga 2017 yilning yozida “Liverpul”dan ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar