Xavi “Barsa” bosh direktori va bosh murabbiyi bo‘lishi kutilmoqda

  • 25 noyabr, 2020, 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” prezidentligiga asosiy da’vogarlardan hisoblangan Viktor Font klubni qanday rivojlantirish haqidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Font klub taraqqiyotini ta’minlovchi mutaxassis sifatida Xavini Kataloniyaga qaytarmoqchi. Yangi loyiha ayni paytda Qatarda “Al-Sadd” jamoasini boshqarayotgan Xavining atrofida quriladi.

Biz chuqur tahlil va mulohazalardan so‘ng uzoq davom etadigan yangi loyiha markazida Xavi bo‘lishi kerak, degan xulosaga keldik. Bunda uning futbol sohasidagi kuchli bilimi, etakchilik qobiliyati va boshqaruvchilik mahorati asosiy rol o‘ynaydi.

Xavi klub tarixida eng zo‘r o‘yinchilardan bo‘lgan. U yangi jamoa qurishga qodir. Eng muhimi, Xavi bir necha lavozimlarda muvaffaqiyatli ishlay oladi. Biz uning o‘ziga keyingi 10 yilda klubda muhim odam bo‘lishini aytdik. Xavi bir paytning o‘zida ham bosh direktor, ham bosh murabbiyi bo‘ladi. Kumanning masalasini ham u kelganidan keyin o‘zi hal qiladi, - dedi Viktor Font.

“Yaponiyalik Messi” jamoasini tark etmoqchi

“Borussiya” Angliyadan yangi iqtidor topdi

                                                     

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!