
Xavi “Barsa” rahbariyatiga shart qo‘ydi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silvani o‘z safiga qo‘shib olgan taqdirdagina Frenki de Yongni sotish qarorini ma’qullaydi, deb xabar beradi “Mundo Deportivo” nashri.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli niderlandiyalik futbolchining o‘yini mutaxassisga ma’qul kelgan va yangi mavsum uni jamoada olib qolmoqchi. Faqatgina “ko‘k-anorranglilar” unga o‘rinbosar topsa, de Yongning Kataloniyani tark etishiga qarshi bo‘lmaydi. Hozircha Frenki uchun alternativ sifatida Silva nomzodi ko‘rilmoqda. Kataloniyaliklar hozirda portugaliyalikning transferini amalga oshirish ustida ish olib bormoqda.
Oldinroq, De Yong rahbariyati maoshlar bo‘yicha qarzdorlikni hal qilmaguncha, "Barselona"ni tark etishdan bosh tortishi xabar qilingandi.
Yarim himoyachi o‘tgan mavsumda kataloniyaliklarning barcha musobaqalar doirasidagi 46 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Fikrlar