
Xavi “Barselona”ga “Chelsi” yulduzini olib keladi
“Barselona”ni qabul qilib olishga tayyorlanayotgan Xavi Ernandes jamoasi uchun o‘yinchi tanlashda davom etmoqda.
Ispaniyalik mutaxassis “Al-Sadd”ni topshirib, yurtiga qaytib kelganidan keyin jamoasida “Chelsi”ning etakchi himoyachisi Antonio Ryudigerni ko‘rmoqchi.
Germaniyalik futbolchi ayni paytda yangi shartnoma borasida klub bilan kelisha olmayapti. Ko‘p grand klublar 1 yanvarni kutmoqda. Agar shu sanagacha Ryudiger “aristokratlar” bilan bir to‘xtamga kelmasa, boshqa jamoalar bilan muzokara boshlash huquqiga ega bo‘ladi.
Xavi Evropaning eng yaxshi markaziy himoyachilar sirasiga kiruvchi Ryudiger yordamida “Barselona” mudofaa chizig‘ini sezilarli darajada kuchaytirmoqchi.
Fikrlar