Xavi: "Barselona"ga Messi kerak, Messiga "Barselona" kerak
Hozirda Qatarning "As-Sadd" klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritayotgan "Barselona" afsonasi Xavi Ernandes erkin agentga aylangan argentinalik hujumchi Lionel Messi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Biroz kutish kerak. Tomonlar muzokaralar olib borayotganiga ishonaman. Messi “Barsa”da qolishini istardim.
Umid qilamanki, klub yaqin orada yangi shartnoma haqida e’lon qiladi. "Barcelona"ga Lionel kerak, Lionelga "Barcelona" kerak”, - dedi Xavi.
34 yoshli Messining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni o‘z nihoyasiga etdi. U hozir erkin agent hisoblanadi.

Fikrlar