
Xavi "Barselona"ning qaysi chizig‘i kuchsiz ekani va u erga olib kelinishi kerak bo‘lgan futbolchi nomini aytdi
“Barselona” afsonasi Xavi jamoa tarkibini qanday o‘zgartirish kerakligini aytdi.
“Umuman olganda, jamoa to‘liq tarkibda shakllangan. “Barselona”da dunyoning eng yaxshi darvozaboni, eng yaxshi chap qanot himoyachisi, eng yaxshi markaziy himoyachi, eng yaxshi yarim himoyachi va umuman eng yaxshi futbolchi bor. De Yong va Artur esa “Barselona” uchun kamida yana 10 yil o‘ynashi mumkin.
Agar, “Barsa”ning markaziy chizig‘ida hammasi yaxshi bo‘lsa, u holda qanotlarni kuchaytirish kerak. Buning uchun ko‘p narsa talab qilinmaydi, shunchaki, Jeydon Sancho yoki Serj Gnabrini olib kelish kerak xolos”, - deydi Xavi.
Fikrlar