
Xavi bosh murabbiy sifatida ilk sovrinini qo‘lga kiritdi
Ispaniyalik mashhur futbol yulduzi Xavi Qatarda murabbiylik bilan shug‘ullanayotganidan ko‘pchilikning xabari bor.
E’tiborlisi, kecha u boshchilik qilayotgan "Al-Sadd" klubi shayx Yassim kubogini qo‘lga kiritdi. Ular finalda "Al-Duxayl"ni 1:0 hisobida engdi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash kerakki, bu “Al-Sadd” tarixidagi yubiley 70-sovrin bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Xavi “Al-Sadd”ni joriy yilning may oyidan boshlab boshqarib kelmoqda. U klub bilan 2 yillik shartnoma imzolagan.
Fikrlar