
Xavi ikki yulduzni transferga qo‘ydi
“Barselona” Ispaniya chempionligiga erishganidan keyin ikkita hujumkor futbolchisini transferga qo‘ydi.
Taniqli jurnalist Ferran Martinesning ma’lum qilishicha, sotib yuboriladigan o‘yinchilar ro‘yxatiga Ansu Fati va Ferran Torres kiritildi.
Manbaning ta’kidlashicha, bosh murabbiy Xavi Ernandes yana bir futbolchi – braziliyalik Rafinya Dias bo‘yicha ham tez orada yakuniy qarorga keladi. Dias o‘tgan yili yozda “Lids”dan sotib olingan edi. Biroq, uning harakatlari murabbiylar shtabini to‘liq qoniqtirmayapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, Ansu Fati va Ferran Torres klubda qolishni istamoqda. Biroq, klub Xavi Ernandes kutayotgan yangi ijrochilar, xususan, Lionel Messini olish uchun bir necha futbolchisini sotib yuborishi shart.
Ansu Fatiga “Manchester Yunayted”, Ferran Torresga “Atletiko” va “Aston Villa” xaridor bo‘lmoqda.
Fikrlar