Xavi "Inter" futbolchisini tarkibga qo‘shib olmoqchi

  • 3 fevral, 2022, 14:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi klubga yana yangi futbolchilarni taklif etmoqchi. Bu galgi nishon "Inter" futbolchisi Marselo Brozovichga qaratilgan. 

Tecno

Xabar qilinishicha, bu transferni ispaniyalik mutaxassisning shaxsan o‘zi istamoqda. Mutaxassis hozirda tayanch yarim ximoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi va bu o‘ringa xorvatni munosib nomzod, deb hisoblayapti.

Shuningdek, 29 yoshli futbolchiga "Tottenxem", MYu va PSJ kabi top klublar qiziqish bildirmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Marselo Brozovich joriy mavsum A Seriyadagi 22 o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga bitta assist yozib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!