Xavi juda katta transferni ko‘zladi

  • 11 may, 2022, 17:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi maydon markazida ustunlikni ta’minlaydigan o‘yinchi qidiryapti.

Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar yozda “Manchester Siti” etakchisi Kevin de Bryuyne sotib olishga harakat qiladi. “Shaharliklar” bilan hisob-kitob qilish uchun “Barselona” mutasaddilari Frenki de Yongni sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

Nima bo‘lgan taqdirda ham belgiyalik pleymeykerni olish oson bo‘lmaydi. Chunki Kevinning manchesterliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan. Bu transferni amalga oshirish uchun “Manchester Siti”ga 90 million evro miqdorida pul o‘tkazish talab etiladi.

2015 yildan beri manchesterliklar sharafini himoya qilib kelayotgan 30 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda jami 42 ta uchrashuv o‘tkazib, 15 ta gol va 13 ta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!