Xavi: "Kazemironi hurmat qilgan holda shuni aytishim kerakki..."
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi yarim himoyachi Serxio Busketsning o‘yiniga yuqori baho berdi.
"Kazemironi hurmat qilagn holda aytishim kerakki, Buskets katta farq bilan dunyoning eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi.
U nima qilishidan qat’i nazar, buni o‘zgacha daraja va did bilan amalga oshiradi. Shunday bo‘lsa-da Serxio tomon doimiy tanqid toshlari otiladi. Buskets qiladigan ishni "Barsa"da hech kim uddalay olmaydi.
Unda etarlicha ko‘ch bor va to‘p bilan ajoyib ishlaydi. Shuningdek, himoyalanishda ham hech qanday muammo yo‘q. Unga o‘rinbosar topish qiyin bo‘ladi. Bizda bu pozitsiyada o‘ynay oladigan De Yong hamda Niko bor, lekin Buskets tizimli futbolchi", - dedi Xavi.



Fikrlar