Xavi kelasi "Oltin to‘p" sohibini aytdi

  • 30.05.2026 16:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi va afsonaviy futbolchisi Xavi Ernandes kelajakdagi "Oltin toʻp" sohibi kim boʻlishi haqida oʻz fikrini bildirdi.

Ispaniyalik mutaxassis ushbu sovrinni Kataloniya klubining 18 yoshli yulduzi Lamin Yamal qoʻlga kiritishini taʼkidladi.

"Kim "Oltin toʻp"ni yutadi? Yamal", — dedi Xavi "The Touchline" nashriga bergan qisqa javobida.

Eslatib oʻtamiz, aynan Xavi bosh murabbiyligi davrida Lamin Yamal "Barselona"ning asosiy jamoasida 15 yoshida debut qilgan edi.

Oʻtgan yili iqtidorli qanot hujumchisi "Oltin toʻp" uchun ovoz berish natijalariga koʻra ikkinchi oʻrinni egallagan va faqat PSJ futbolchisi Usmon Dembelga imkoniyatni boy bergan.

Xavi ikki yil avval "Barselona" bosh murabbiyligi lavozimini tark etgan boʻlib, shundan buyon hech qaysi klubda ishlamayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!