
Xavi: Ketmasang, butun mavsum zaxirada o‘tirasan!
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes niderlandiyalik hujumchi Memfis Depayni klubdan ketishga ko‘ndira olmayapti.
Bosh murabbiy agar bu hujumchi ketmasa, butun mavsum davomida zaxirada qolishini ta’kidlamoqda. Chunki, ispaniyalik mutaxassis hujum chizig‘iga o‘zi istagan futbolchilarni olib keldi.
O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida Kataloniyaga Ferran Torres va Per-Emerik Obameyangni olib keldi. Yozda kataloniyaliklar Usmon Dembeleni jamoada qolishga ko‘ndirdi. Shuningdek, Robert Levandovskini qo‘lga kiritdi.
Ayni paytda Xavida hujum chizig‘i vakillaridan Memfis Depay va daniyalik hujumchi Martin Breytueytning xizmatlariga ehtiyoj yo‘q.
Fikrlar