O‘zbekiston va Urugvay uchrashuvi hisobi oldindan aytildi

  • 12.10.2025 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

2026 yili AQSh, Kanada va Meksikada bo‘ladigan jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasida ikki karra jahon chempioni – Urugvay milliy terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Ayni paytda ko‘plab manbalar bo‘lajak uchrashuvda tomonlarning imkoniyatlarini tahlil qilib, o‘yinda qayd etilishi mumkin bo‘lgan natijani topishga harakat qilyapti.

Nufuzli manbalardan biri – soccer365 sayti ekspertlari har ikki terma jamoaning so‘nggi yillardagi o‘yinlari haqida ma’lumotnoma tayyorladi va hisobni taxmin qildi.

Kannavaro ishni g‘alaba bilan boshladi

Ilk bor mundialda qatnashadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Fabio Kannavaroning bosh murabbiy bo‘lishi ko‘plab savollarni keltirib chiqardi. Shunga qaramay, italiyalik mutaxassis qo‘l ostida o‘zbeklar o‘rtoqlik uchrashuvida Kuvaytni 2:0 hislbida engdi. Agar Otabek Shukurov penaltini golga aylantirgani hisob yirik ko‘rinish olardi.

O‘zbekiston qariyb 11 oydan beri yutqazmayapti va bu seriya 11 ta uchrashuvga etdi. Oxirgi ikki yilda o‘zbeklar faqat bir marta 2024 yilning noyabrida Qatar maydonida bo‘lgan uchrashuvning 102-daqiqasida o‘tkazilgan gol tufayli alamli mag‘lubiyatni qabul qilib olgan.

Tarkibda o‘zgarishlar bor

Eng katta yo‘qotish – Abbosbek Fayzullaev safdan chiqqani. Terma jamoaning asosiy hujumkor futbolchisi jarohati tufayli yig‘inni tark etdi. Tajribali o‘yinchilardan himoyachi Farrux Sayfiev va yarim himoyachi Odiljon Hamrobekov ham shikastlangani bois, terma jamoadan ketishiga ruxsat berildi.

Bundan tashqari, Kannavaro yig‘inga taklif qilingan o‘yinchilardan bir nechtasiga ham javob berib yubordi. Ularning o‘rniga hujumchilardan Ruslan Jiyanov va Husayn Norchaev terma jamoaga jalb qilindi.

O‘zbekiston kam gol o‘tkazyapti

Urugvay bilan bo‘ladigan bahs oldidan O‘zbekiston ketma-ket uchta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Umuman olganda, bu terma jamoa oxirgi 11 ta uchrashuvdan 8 tasida gol o‘tkazgani yo‘q.

O‘zbekiston deyarli har bir uchrashuvda gol urayotgani tahsinga loyiq. Xususan, oxirgi 13 ta o‘yindan faqat ikkitasida raqiblar o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qolishni uddaladi. O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Iordaniya himoyasini yorib o‘tolmadi. Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tgan bahsda golsiz durang o‘zbeklarni jahon chempionatiga olib chiqdi. Shundan keyin ketma-ket oltita uchrashuvda terma jamoa gol urib kelmoqda.

SOCCER365 sayti taxmini: Bo‘lajak o‘rtoqlik uchrashuvi  1:1 hisobida durang bilan tugaydi.

Bo‘lajak jahon chempionati ishtirokchilari hisoblangan O‘zbekiston va Urugvay o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini 13 oktyabo kuni Malayziyada Toshkent vaqti bilan 17:45 da boshlanadi.

O‘zbekistonga qarshi saf tortadigan Urugvay nimasi bilan kuchli?

Husanov, raqobatching charchadi!

“Manchester Siti”ning Husanov bo‘yicha yakuniy qarori ma’lum bo‘ldi

Husanov mashhur futbolchining mundialga yo‘lini to‘sib qo‘ydi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!