
Xavining AQShga kirishi muammo tug‘diryapti
“Barselona” mavsumoldi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini AQShda o‘tkazishi belgilangan. Biroq kutilmaganda, bosh murabbiy Xavi Ernandesning hujjatlarida muammo chiqdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Xavi “Barselona”ga kelguncha Qatarning “Al-Sadd” jamoasini boshqargan davrda bir necha marotaba Eronga borib kelgan.
AQShda joriy qilingan qoidalarga ko‘ra, Eronga borganlar uchun qo‘shimcha hujjatlar talab qilinadi.
Klub mutasaddilari hozir bu muammoni bartaraf etishga harakat qilmoqda.
Ispaniya chempionati avgust oyidan boshlanadi. Xavi shogirdlari yangi mavsumda chempionlik uchun kurashadi.
Fikrlar