Xavi o‘ynatmayotgan futbolchini "Nyukasl" ilib ketmoqchi

  • 13 noyabr, 2023, 19:01
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" jamoani kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

"TodoFichajes" nashri xabariga ko‘ra, "Barselona" himoyachisi Andreas Kristensen ingliz klubining radarida. Manbaga ko‘ra, "Nyukasl" daniyalik uchun 70 million evro taklif qilishga tayyor.

Kristensenning o‘zi ham asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lish uchun klubini o‘zgartirmoqchi. 27 yoshli himoyachi Xavining himoya markazidagi zaxira tanlovi bo‘lib qolmoqda. Ispaniyalik mutaxassis Ronald Arauxo - Jyul Kunde kombinatsiyasini o‘ynatmoqda.

Kristensen uchun Angliya chempionati begona emas. U Kataloniyaga kelishidan oldin "Chelsi"da sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!