Xavi Qatardagi ilk sovriniga Sardor Rashidov jamoasini mag‘lubiyatga uchratgan holda erishdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning “Barselona” klubi va Ispaniya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi, ayni damda esa Qatarning “Al-Sadd” klubida faoliyat olib borayotgan Xavi Ernandes o‘zining Qatardagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Anqirog‘i, 37 yoshli futbolchi to‘p surayotgan “Al-Sadd” mamlakat kubogi finalida hamyurtimiz Sardor Rashidov harakat qiladigan “Al-Jaish”ni mag‘lub etib, bosh sovrinni egalladi. Shu tariqa Xavi faoliyati davomida o‘zining 29-sovrinini qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash kerakki, Xavi ushbu sovrinlarning 26tasini klublar miqyosida, qolgan 3tasini esa Ispaniya terma jamoasida qo‘lgan kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, Xavi jamoasida bu mavsum yana bir musobaqada g‘olib chiqish imkoniyati mavjud. Gap shundaki, “Al-Sadd” Qatar amiri kubogining chorak finaliga qadar etib kelgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!