Xavi: "Real" Madrid bu o‘yinda favorit"

  • 1 mart, 2023, 18:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes o‘z jamoasini bugungi "Real"ga qarshi Ispaniya kubogi yarim finalida favorit deb hisoblamaydi. Birinchi uchrashuv ertaga "Santyago Bernabeu"da, ikkinchisi esa bir oydan keyin "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tadi.
"Real" Madrid bu o‘yinning yaqqol favoriti. Ayni damda "Real" amaldagi Ispaniya chempioni va Chempionlar ligasi sohibi.
Biz o‘sishda davom etyapmiz. O‘yinda har qachongidanda birlashib harakat qilishimiz kerak. ", - dedi Xavi matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, La Liga to‘purari Robert Levandovski mazkur o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Usmon Dembele ham jamoasiga yordam bera olmaydi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!