
Xavi "Real" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Real" ustidan qozonilgan g‘alaba (3:1) haqida fikr bildirdi.
"Men futbolchilarimning o‘yinidan mamnunman. Ular tinimsiz mehnat qildi. Bizda kiyinish xonasida ajoyib muhit mavjud.
Uchrashuv biz uchun juda yaxshi tarzda o‘tdi. Buni futbolchilar his qildi. Gavi, Pedri hamda De Yongning o‘yinini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Dembele qanotda juda faol edi. Arauxoning o‘yiniga ham e’tibor bering.
Agar finalda "Real"ga qarshi shunday o‘ynagan bo‘lsak, "Seuta"ga hamda "Xetafe"ga qarshi ham xuddi shu futbolni takrorlashimiz lozim. Xotirjamlikka berilish kerak emas", - dedi "ko‘k-anorranglilar" ustozi.
Fikrlar