Xavi Ronaldinodan yaxshiroq faqatgina bir futbolchi borligini aytdi. U kim?

  • 5 aprel, 2020, 13:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatarning "Al-Sadd" klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes faqatgina Lionel Messini braziliyalik futbol afsonasi Ronaldinodan yaxshiroq deb hisoblashini aytdi.

“Ronaldino eng zo‘r futbolchilardan biri hisoblanadi, ammo, unga barqarorlik etishmagan. Undan faqatgina Messi yaxshiroq deb hisoblayman. Chunki, Leo doimo barqaror o‘yin ko‘rsatadi. Messi tarixdagi eng zo‘r futbolchi. Ronaldino esa Ronaldo va Krishtianu Ronaldular bilan birga eng yaxshilar qatorida tilga olinadi”, - deydi Xavi.

Shu o‘rinda Ronaldino hozir Paragvay qamoqxonasida jazo muddatini o‘tayotganini ham eslatib o‘tish lozim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!