Xavi: Sen “Barsa”dan ketmasang bo‘lmaydi!

  • 01.06.2022 23:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes mavsumlar orasida tarkibni tartibga keltirishni rejalashtirmoqda. U bu yo‘lda bir necha o‘yinchi bilan xayrlashishga tayyor. Ana shundaylardan biri daniyalik hujumchi Martin Breytueyt.

30 yoshli hujumchining o‘zi Kataloniyadan ketmoqchi emas. Xavi esa, boshqa hujumchilardan foydalanishga qaror qilgan. Klub xo‘jayinlari zaxirada o‘tirgan o‘yinchiga katta maosh to‘lamaslik uchun uni ijaraga berishni rejalashtirmoqda.

Tabiiyki, “Barselona”dek jamoa o‘yinchisi ko‘chada qolmaydi. Ma’lumotlarga qaraganda, “Valensiya” va “Selta” Martinga o‘z safidan joy berishga tayyor. “Brayton” esa tajribali forvardni Angliyaga chorlamoqda.

Breytueyt 2020 yilning fevralidan beri “Barsa” futbolchisi hisoblanadi. U shu kunga qadar jami 57 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘nta gol va beshta assist muallifi bo‘ldi. Shartnomasi yana ikki mavsum davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!